Shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi: o‘zbek grossmeysterlari kurashga qo‘shildi


7 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi. Mazkur nufuzli musobaqada 34 ta mamlakatdan 260 dan ziyod mahoratli shaxmatchi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sharafini 12 nafar erkak va 15 nafar ayol shaxmatchi himoya qilmoqda.
Erkaklar terma jamoasining yetakchilari sifatida Nodirbek Yoqubboev, Shamsiddin Vohidov, Muxiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov va Humoyun Bekmuratov qayd etilmoqda. Ayollar orasida esa Afruza Xamdamova, Guldona Karimova, Umida Omonova va Gulrukhbegim Tohirjonova asosiy umidlarimizdan sanaladi.
Chempionat 9 turdan iborat bo‘lib, 16 may kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Turnir yakunlariga ko‘ra, Al-Ayndagi musobaqada kuchli o‘nlikka kirgan erkaklar va ikki nafar eng kuchli ayol shaxmatchi Jahon kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01

Maqolalar
Bugun da 04:20