locale OZ

Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati

Tasdiqlangan ishtirokchilar yotoqxona va ovqatlanish bilan ta’minlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati
Фото: Chess Uzbekistan

Joriy yilning, 24–30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkaziladi. Bellashuvlar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida tashkil etiladi.

Chempionat o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda o‘tkazilib, har bir guruhda 12 nafardan shaxmatchi aylanma tizimda, standart yo‘nalishda 11 tur davomida bahs olib boradi.

Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi. Har bir guruh g‘olibi 2026-yilgi erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (oliy liga) musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxmatchilar 20-yanvar soat 16:00 ga qadar O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasiga yozma ravishda murojaat qilishlari lozim. Tasdiqlangan ishtirokchilar yotoqxona va ovqatlanish bilan ta’minlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting