locale OZ

Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo'lib o'tadi

Bellashuvlar Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati
Фото: Chess Uzbekistan

Joriy yilning 24–30-yanvar kunlari Navoiy viloyatida shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etiladi. Bellashuvlar Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida joylashgan To‘dako‘l Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkaziladi.

Chempionat o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda tashkil etilib, har bir guruhda 12 nafardan shaxmatchi ishtirok etadi.

Ishtirok etish tartibi:

Chempionatda quyidagi shaxmatchilar ishtirok etish huquqiga ega:

• 2025-yilda o‘tkazilgan 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatlarining standart yo‘nalishida 1–2–3-o‘rin sohiblari;

• 2025-yilgi 12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati standart yo‘nalishida 1-o‘rin egasi;

• shuningdek, qolgan ishtirokchilar kelib tushgan yozma arizalar asosida, FIDE reyting ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan shaxmatchilar orasidan tanlab olinadi.

Har bir guruh g‘olibi 2026-yilda erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting