locale OZ

Shaxmat. Bodhana Sivanandan navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi

Angliyalik 11 yoshli Bodhana Sivanandan Fransiyaning Eks-an-Provans shahrida o‘tkazilgan Dole Trophy turnirida navbatdagi tarixiy natijani qayd etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Bodhana Sivanandan navbatdagi jahon rekordini o‘rnatdi
photo: Chess Uzbekistan

Angliyalik 11 yoshli Bodhana Sivanandan Fransiyaning Eks-an-Provans shahrida o‘tkazilgan Dole Trophy turnirida navbatdagi tarixiy natijani qayd etdi.

Bodhana 11 yoshida ayollar o‘rtasida birinchi IM normativini bajargan eng yosh shaxmatchiga aylandi. U afsonaviy Judit Polgarning 1988-yildan beri saqlanib kelgan 38 yillik rekordini deyarli 5 oyga yangiladi.

Musobaqaning 1-turida u amaldagi Fransiya chempioni, grossmeyster Mark Andria Maurizzini (2628) mag‘lub etdi. Bu natija bilan u klassik shaxmatda 2600+ reytingli grossmeysterni yutgan eng yosh ayol shaxmatchiga aylandi.

Turnirni 2463 perfomans bilan yakunlagan Bodhana o‘zining ayollar o‘rtasidagi 2-grossmeysterlik (WGM) normativini ham bajardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting