Shaxmat. AQSH vs O'zbekiston: Match qanday formatda o‘tkaziladi?
Ushbu 2 kunlik uchrashuv Sxeveningen (Scheveningen) tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Ushbu 2 kunlik uchrashuv Sxeveningen (Scheveningen) tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ya’ni O‘zbekiston terma jamoasining har bir a’zosi AQSh terma jamoasining har bir shaxmatchisiga qarshi dona suradi!
Format va vaqt nazorati:
1-kun (27-iyul) — Rapid: 4 ta tur (Vaqt nazorati: 15 daqiqa + har bir yurish uchun 10 soniya).
2-kun (28-iyul) — Blits: 8 ta tur (Vaqt nazorati: 3 daqiqa + har bir yurish uchun 2 soniya).
Jami: 12 ta tur va 4 ta taxtada umumiy 48 ta partiya o‘ynaladi.
G‘olibni aniqlash: Har bir tur alohida jamoaviy mini-match hisoblanadi (G‘alaba — 2 ochko, Durang — 1 ochko). 12 tur yakuniga ko‘ra eng ko‘p jamoaviy ochko toplagan terma jamoa g‘olib bo‘ladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor