Shaxmat. AQSh taslim etildi va O‘zbekiston-2 dan tarixiy sensatsiya
AQSh taslim etildi va O‘zbekiston-2 dan tarixiy sensatsiya.
O‘zbekiston 1 – AQSh: 2.5 : 1.5 Asosiy jamoamiz turnirning 1-raqamli saralangan favoriti — AQShni tiz cho‘ktirdi! Nodirbek Abdusattorov o‘zining azaliy raqibi Fabiano Karuana ustidan yorqin g‘alabaga erishdi. Javohir Sindarov Uesli Soga mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, Nodirbek Yakubbayevning Hans Nieman ustidan qozongan g'alabasi jamoamizga 2.5-1.5 hisobida g'alabani taqdim etdi.
O‘zbekiston 2 – Niderlandiya: 3.5 : 0.5 Haqiqiy sensatsiya! Ikkinchi jamoamiz tarkibida Anish Giri kabi dunyo yulduzlari bor Niderlandiya terma jamoasini yirik hisobda mag'lub qildi.
Shuningdek, boshqa jamoalarimizning ushbu turdagi natijalari:
O‘zbekiston-2 — Niderlandiya: 3.5 – 0.5
O‘zbekiston-2 (Ayollar) — Islandiya: 2.5 – 1.5
O‘zbekiston-3 — Qirg‘iziston: 2.5 – 1.5
O‘zbekiston-3 (Ayollar) — Italiya: 1.5 – 2.5