Shaxmat. AQSh - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi
Mayamidagi WR Chess Rapid & Blitz Miami 2026 super-matchi o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Mayamidagi WR Chess Rapid & Blitz Miami 2026 super-matchi o‘z nihoyasiga yetdi. Ikki kunlik keskin va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra dunyoning #1 terma jamoasi bo‘lmish AQSh g‘alaba qozondi.
Natijalar:
Rapid: AQSh 5 — 3 O‘zbekiston
Blits: AQSh 9 — 7 O‘zbekiston
Umumiy hisob: AQSh 14 — 10 O‘zbekiston
O‘rtacha reytinglardagi 62 ochkolik farqqa qaramay (AQSh: 2761 vs O‘zbekiston: 2699), yigitlarimiz har bir taxta va har bir turda dunyo reytingi yetakchilariga qarshi so‘nggi soniyalargacha munosib qarshilik ko‘rsatishdi.
Oldinda bizni yanada katta musobaqalar va 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi kutmoqda!
Ibrohim Jalolov
Redaktor