locale OZ

Shaxmat. Anish Giri Top-shaxmatchilar o‘rtasidagi asosiy farq kimda kuchliroq dvigatel (engine) borligida emas

Anish Giri shaxmatdagi eng katta yanglishuv haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Anish Giri Top-shaxmatchilar o‘rtasidagi asosiy farq kimda kuchliroq dvigatel (engine) borligida emas
photo: Chess Uzbekistan

Anish Giri shaxmatdagi eng katta yanglishuv haqida fikr bildirdi.

Ko‘pchilik debyutga tayyorgarlik ko‘rishni hamon kitobdan bir nechta liniyalarni yodlash deb o‘ylaydi. U vaqtlar allaqachon o'tdi. Bugungi shaxmat millionlab o‘yinlar bazasi, super-kompyuterlar, 25-yurish ortiga yashiringan debyut yangiliklari va sun’iy intellektdir.

Top-shaxmatchilar o‘rtasidagi asosiy farq kimda kuchliroq dvigatel (engine) borligida emas. Hammamiz bir xil dasturlardan foydalanamiz. Asosiy farq kompyuterga to‘g‘ri savol bera olishda.

Siz bitta pozitsiyani 6 soat tahlil qilib, hech narsa o‘rganmasligingiz mumkin. Yoki to‘g‘ri savol berib, bor-yo‘g‘i 20 daqiqa ichida butun tushunchangizni o‘zgartiradigan g‘oyani topishingiz mumkin.

Tayyorgarlik shunchaki "eng yaxshi yurishni" topish emas. Asosiy maqsad shunday pozitsiyani topishki, unda vaziyatni siz tushunasiz, raqibingiz tushunmaydi va amaliy qaror qabul qilish juda qiyin bo'ladi.

Shuning uchun ham ba’zida supergrossmeysterlar kompyuter bahosi bo‘yicha teng yoki hatto biroz yomonroq bo‘lgan pozitsiyalarga ongli ravishda kirib borishadi. Agar pozitsiyani o‘ynash bir tomon uchun osonroq bo‘lsa, dvigatelning quruq bahosi hech narsani anglatmaydi.

Kompyuterlar tobora kuchayib bormoqda, lekin qaysi pozitsiya aynan sizning uslubingiz va xarakteringizga mos kelishini tushunish hali ham hech qanday dastur uddalay olmaydigan, mutloq insoniy qobiliyatdir. Har holda, hozircha shunday.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting