Shaxmat. Andijonda Yoshlar kuni yuqori saviyada tashkil etildi
Xabaringiz bor, Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidorini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdilar.
Mazkur tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatida ham qator tadbirlar tashkil etildi.
Xususan, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O'. Toshpo'latov tomonidan Izboskan tumani To‘rtko‘l MFY binosida, tumandagi 10-son umumta’lim maktabida hamda Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bitiruvchi o'quvchilar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida yoshlarning muammolari, kelajakdagi rejalari, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, viloyatning shahar va tumanlarida Yoshlar kuniga bag‘ishlab ommaviy sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda faol ishtirok etgan yoshlar munosib taqdirlanib, g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.