Shaxmat. Anatoliy Karpov 75 yoshda: Moskvada nufuzli turnir start oldi
Musobaqa 7 turdan iborat bo'lib, rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
21-23-may kunlari Moskva shahrida 13-jahon chempioni Anatoliy Karpovning 75 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa dunyoning kuchli 8 nafar grossmeysterini jamlagan.
Musobaqa 7 turdan iborat bo'lib, rapid yo‘nalishida o‘tkazilmoqda. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi esa 52 200 AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnir ishtirokchilari:
Ernesto Inarkiev
Vladislav Artemiev
Yan Nepomnyashiy
Nodirbek Yakubboyev
Andrey Yesipenko
Daniil Dubov
Aleksandr Grishuk
Timur Radjabov
Kecha o‘tkazilgan dastlabki 3 ta tur yakunlariga ko‘ra, Nodirbek Yakubboyev 1,5 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor