locale OZ

Shaxmat. Amerika Kubogi: Nomzodlar turniriga AQShliklar qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?

Eng qiziq jihat — Karuananing ishtiroki. Chunki turnir tugaganidan atigi ikki hafta o‘tib u Nomzodlar turnirida maydonga tushadi. Demak, bu qandaydir ma'noda jiddiy turnir oldidan tayyorgarlik.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Amerika Kubogi:  Nomzodlar turniriga AQShliklar qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?
photo: Chess Uzbekistan

Saint Louis Chess Club 2–13 mart kunlari o‘tkaziladigan Amerika Kubogi ishtirokchilarini e’lon qildi. Turnirda 8 nafar grossmeyster qatnashadi:Fabiano Karuana, Uesley So, Leinier Domínguez, Levon Aronian, Ray Robson, Samuel Sevian, Avonder Liang, Abhimanyu Mishra

Eng qiziq jihat — Karuananing ishtiroki. Chunki turnir tugaganidan atigi ikki hafta o‘tib u Nomzodlar turnirida maydonga tushadi. Demak, bu qandaydir ma'noda jiddiy turnir oldidan tayyorgarlik.

Yana bir Nomzodlar turniri ishtirokchisi — Hikaru Nakamura (o‘tgan yilgi Kubok g‘olibi) esa bu safar turnirni o‘tkazib yubormoqda. Ehtimol, u Nomzodlar musobaqasiga tayyorgarlikka to‘liq e’tibor qaratishni ma’qul ko‘rgan.

*Shuningdek, ro‘yxatda Hans Niemann yo‘q, chunki u bu sanalarda (25-fevral — 6-mart) yurtdoshlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Yakubboev bilan Praga Chess Festivalda ishtirok etadi.

Karuana uchun bu turnir — formasini va debyut tayyorgarligini tekshirish uchun imkoniyat. Ammo o‘yin amaliyoti foyda beradimi yoki Nakamura tanlaganidek yopiq tayyorgarlik samaraliroqmi?

29-mart — 15-aprel kunlari Nomzodlar turnirida bilib olamiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting