locale OZ

Shaxmat. Alirizo Firuzja 2026-yilgi Grand Chess Tour musobaqasidan chetlashtirildi

GCT shartnomasiga ko‘ra, mavsum davomida biror turnirdan voz kechish butun seriyadan chiqishni anglatadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Alirizo Firuzja 2026-yilgi Grand Chess Tour musobaqasidan chetlashtirildi
photo: gettyimages

Alirizo Firuzja 2026-yilgi Grand Chess Tour musobaqasidan chetlashtirildi

Fransiyalik grossmeyster Alirizo Firuzja Parijda o‘tkaziladigan Esports World Cup turnirida ishtirok etish qarori sababli Saint Louis shahri mezbonlik qiladigan Sinquefield Cup 2026 hamda joriy mavsumdagi Grand Chess Tour (GCT) seriyasidan rasman chiqdi.

Esports World Cup (11–15-avgust) hamda Sinquefield Cup (10–20-avgust) sanalari bir-biriga to‘g‘ri kelib qolgani sababli Firuzja o‘z mamlakati sharafini Parijda himoya qilishni afzal ko‘rdi.

GCT shartnomasiga ko‘ra, mavsum davomida biror turnirdan voz kechish butun seriyadan chiqishni anglatadi. Shu sababli Firuzjaning 2026-yilgi mavsumda to‘plagan barcha GCT ochkolari bekor qilindi va unga nisbatan shartnomaviy jarimalar qo‘llaniladi.

Sinquefield Cup turnirida Alirizo Firuzjaning o‘rnini AQShlik grossmeyster Sam Sevian egallaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting