locale OZ

Shaxmat. Alehin himoyasi — g‘alati, ammo qiziqarli debyut

Nomidan ma’lumki, bu yurishlarni mashhur qilgan shaxmatchi — Aleksander Alehin, to‘rtinchi jahon chempioni.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Alehin himoyasi — g‘alati, ammo qiziqarli debyut
photo: Chess Uzbekistan

Shaxmat tarixidagi eng bahsli debyutlardan biri — Alehin himoyasi:
1.e4 Nf6

Nomidan ma’lumki, bu yurishlarni mashhur qilgan shaxmatchi — Aleksander Alehin, to‘rtinchi jahon chempioni.

Qizig‘i shundaki, Alehin o‘zi eng muhim partiyalarda bu himoyani deyarli qo‘llamagan. Bu debyutni ko‘proq kuchsizroq raqiblarga qarshi ishlatib, o‘yinni darhol noodatiy yo‘lga burishni maqsad qilgan. Bu esa psixologik ustunlik berardi.

Hozirgi kompyuter tahlillari ham bu himoyada oq tomon uchun aniq ustunlik borligini ko‘rsatmaydi va bu debyut eng yuqori darajadagi klassik turnirlarda deyarli uchramaydi.

Ammo havaskorlar va blits o‘yinlarida Alehin himoyasi tez-tez qo‘llanadi — chunki u noodatiy, keskin va ijodiy pozitsiyalarga olib keladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting