Shaxmat. Ahadjon Kimsanboyev — jahon chempioni
Bolgariyaning Sofiya shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan IV IBSA Jahon chempionati yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
Bolgariyaning Sofiya shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan IV IBSA Jahon chempionati yakunlandi.
Musobaqa davomida yuksak mahorat, matonat va barqaror o‘yin namoyish etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ahadjon Kimsanboyev hal qiluvchi bahslarda ham ishonchli g‘alabalarni qo‘lga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Ushbu tarixiy natija nafaqat sportchimizning fidokorona mehnati va mahorati, balki O‘zbekiston para shaxmati rivojida erishilgan muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Ahadjon Kimsanboyevni mazkur ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham yangi zafarlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor