locale OZ

Shaxmat afsonalari bir kadrda

Aeroflot Open o‘sha davrda dunyodagi eng kuchli open turnirlardan biri bo‘lib, unda deyarli faqat 2500+ reytingga ega shaxmatchilar qatnashardi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat afsonalari bir kadrda
photo: Chess Uzbekistan

Shaxmat afsonalari bir kadrda tasvirlangan. Ushbu mashhur suratda yosh Magnus Karlsen uch nafar sobiq jahon chempioni — Anatoliy Karpov, Boris Spasskiy va Vasiliy Smyslov bilan birga tasvirlangan. Surat 2004-yil Moskvada o‘tgan Aeroflot Open turniri davomida olingan.

Aeroflot Open o‘sha davrda dunyodagi eng kuchli open turnirlardan biri bo‘lib, unda deyarli faqat 2500+ reytingga ega shaxmatchilar qatnashardi. Magnus Karlsen esa turnir boshlanishida atigi 2484 reytingga ega edi. Shunga qaramay, tashkilotchilar uning iste’dodini inobatga olib, istisno tariqasida uni musobaqaga taklif qilishgan.

13 yoshli norvegiyalik bu imkoniyatdan maksimal darajada foydalandi: u o‘zidan reytingi yuqori bo‘lgan raqiblarga qarshi 5.5/9 natija qayd etib, o‘zining ikkinchi grossmeyster normasini bajardi.

Jumladan, u kombinatsion o‘yini bilan mashhur Leonid Yurtaevni hisob-kitobda ortda qoldirgan hamda Yuri Yakovichni Sitsiliya himoyasida mag‘lub etgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting