locale OZ

Shaxmat. Abdusattorov tarixiy statistikani o‘zgartirishi mumkin!

Nodirbek Abdusattorov musobaqaning rapid qismida 11 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallagan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shaxmat. Abdusattorov tarixiy statistikani o‘zgartirishi mumkin!
photo: gettyimages

Grand Chess Tour seriyasida shu vaqtgacha rapid yo‘nalishida 2-o‘rindan past natija qayd etib, yakunda butun turnirda g‘olib chiqqan Magnus Karlsendan bo‘lak birorta ham shaxmatchi kuzatilmagan.

Nodirbek Abdusattorov musobaqaning rapid qismida 11 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egallagan edi.

18 turdan iborat blits bahslarining 15 turi ortda qoldi. Hamyurtimiz 22 ochko to‘plab, Alireza Firuzja bilan 1-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Karlsen bunday kambekni o‘z faoliyatida 4 marta amalga oshirishga erishgan.

Agar Nodirbek qolgan 3 ta turda peshqadamlikni saqlab qolsa, u ushbu statistikani o'zgartiradi va tarixda Magnus Karlsendan keyin bu natijaga erishgan ikkinchi shaxmatchi bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting