Shaxmat. 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur natijalari!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: 5-tur natijalari.
O‘zbekiston terma jamoalarining 5-turdagi o‘yin natijalari:
Erkaklar terma jamoalari:
Vengriya — O‘zbekiston: 0 – 4
O‘zbekiston-2 — Filippin: 2.5 – 1.5
Avstriya — O‘zbekiston-3: 2 – 2
Ayollar terma jamoalari:
AQSh — O‘zbekiston: 2 – 2
O‘zbekiston-2 — Tunis: 4 – 0
O‘zbekiston-3 — Madagaskar: 3.5 – 0.5
5-tur yakuni. Vengriya ustidan yirik g‘alaba, AQSH bilan durang!
Erkaklar o‘rtasida asosiy jamoamiz Vengriyaga hech bir taxtada imkon qoldirmadi. To‘rt partiya, to‘rtta g‘alaba va yakunda 4:0! Olimpiada darajasida bunday yirik hisob jamoamizning kuchi, ishonchi va yaxshi maromda ketayotganini ko‘rsatib turibdi.
Ayollar o‘rtasida ham asosiy jamoamiz kuchli AQSH terma jamoasiga qarshi munosib bahs olib bordi va durang qayd etdi.
Qizlarimizga alohida olqish! Kuchli raqib qarshisida olingan bu natija keyingi bahslar oldidan yanada katta ishonch beradi.
Barcha jamoalarimizga keyingi turlarda zafar tilaymiz! Sizlarni butun O‘zbekiston kuzatyapti. Butun dunyo kuzatyapti!
Vakillarimizga keyingi tur bahslarida ulkan zafarlar tilaymiz!