Shavkat Rahmonovning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li yo‘l-transport halokatiga uchradi
UFC jangchisining yaqinlari qatnashgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi, rafiqasi va farzandi shifoxonaga yotqizildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
27 iyul, yakshanba kuni tongda UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning rafiqasi — Gulayim Rahmonova, o‘g‘li va yana ikki nafar yo‘lovchi yo‘l-transport hodisasiga uchradi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Gulayim Rahmonova Toyota Land Cruiser avtomashinasini boshqarib, Qarag‘andidan Olmaotaga yo‘l olgan. Olmaota–Yekaterinburg yo‘nalishining 296-chaqirimida, Aqsuyek qishlog‘i yaqinida avtomobil ag‘darilib ketgan.
Afsuski, ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Gulayim Rahmonova va 2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘li zudlik bilan kasalxonaga yetkazilib, travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, ularning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda. Hozirda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor