locale OZ

Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun birinchi Kongress o‘tkazildi

Yig‘ilishni IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri ochib berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun birinchi Kongress o‘tkazildi
photo: kurash

2025 yil 29 sentyabr kuni Xitoy Taypeining Yangi Taypei shahrida Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalari uchun ilk Kongress bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri ochib berdi. U o‘z nutqida mazkur ikki mintaqa bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash muhimligini ta’kidlab, bu jarayon nafaqat kurash sportida yangi imkoniyatlar ochishini, balki davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ham xizmat qilishini qayd etdi.

Kongress kun tartibi doirasida chempionat tashkilotchilik masalalari va texnik tafsilotlar muhokama qilindi.

1 oktyabr kuni erkaklar barcha vazn toifalarida kuch sinashlari rejalashtirilgan.

Turnirning ochilish marosimiga Taypey shahri meri hamda Xitoy Taypey Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting