locale OZ

Sharjah Masters. Nodirbek Abdusattorov bir sutkada ikki davlatda ikki uchrashuv o‘tkazdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

18-may kuni BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 xalqaro turniri boshlandi. Mukofot jamg‘armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning “Masters” guruhiga to‘rt nafar yurtdoshimiz — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov qo‘shilib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni boshladi.

Qizig‘i shundaki, Nodirbek Abdusattorov bir sutka ichida ikki davlatda ikki musobaqada ishtirok etdi. U 17-may kuni Ruminiya poytaxti Buxarestda yakuniga yetgan turnirning so‘nggi turida o‘ynagan bo‘lsa, 18-may kuni allaqachon Sharja shahrida yangi musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib bordi. U Sharjah Masters turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan bo‘lib, 1-turda hindistonlik grossmeyster Panayappan Sethuraman’ga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Qiyin vaziyatga tushib qolganiiga qaramay, Abdusattorov murakkab pozitsiyadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi va durang qayd etdi.

Turnirning 1-turida shaxmatchilarimizdan faqat Jahongir Vohidov mag‘lubiyatga uchradi. U oq donalarda Eron vakili, musobaqaning uchinchi raqamli ishtirokchisi Amin Tabatabayiga qarshi o‘ynadi va imkoniyatni boy berdi. Qolgan ikki grossmeysterimiz — Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov o‘zlaridan yuqori reytingga ega raqiblariga qarshi durangga erishishdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning 1-turdagi natijalari:
Panayappan Sethuraman (Hindiston) – Nodirbek Abdusattorov — 0,5:0,5
Jahongir Vohidov – Amin Tabatabay (Eron) — 0:1
Muhiddin Madaminov – Syanuy Syu (Xitoy) — 0,5:0,5
Ortiq Nighmatov – Pranav Anand (Hindiston) — 0,5:0,5

19-may kuni bo‘lib o‘tadigan 2-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda yana bir hindistonlik grossmeyster — Aditya Mittalga qarshi o‘ynaydi. Muhiddin Madaminov esa qora donalarda gretsiyalik Nikolas Theodorou, Ortiq Nighmatov — Sankalp Gupta (Hindiston), Jahongir Vohidov esa serbiyalik ayol grossmeyster Teodora Injatsga qarshi qora donalarda bahs olib boradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting