locale OZ

Sharjah Masters. Abdusattorov yana bir qiyin vaziyatdan omon chiqdi, Nigmatov va Vohidov ilk g‘alabalarini qayd etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri qizg‘in sur’atda davom etmoqda. Mukofot jamg‘armasi 73 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning “Masters” guruhi jahon shaxmatining yetakchi vakillarini o‘z ichiga olgan. Unda yurtdoshlarimizdan to‘rt nafar grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nigmatov ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Bir necha kun avval Ruminiyadagi turnirda qatnashib, dam olishga ulgurmasdan Sharjaga yetib kelgan Nodirbek Abdusattorovda charchoqlikning ta’siri sezilmoqda. Turnirning birinchi raqamli shaxmatchisi hisoblangan Abdusattorov 2-turda yana bir bor qiyin vaziyatga tushib qolgan bo‘lsa-da, aqlli o‘yin orqali vaziyatni to‘g‘ri baholab, hindistonlik Aditya Mittalga qarshi durang natijasini qayd etdi.

2-turda esa ikki nafar yurtdoshimiz — Jahongir Vohidov va Ortiq Nigmatov musobaqadagi ilk g‘alabalarini qayd etishdi. Qizig‘i shundaki, ular har ikkisi ham qora donalarda o‘ynagan bo‘lsalar-da, ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi. Nigmatov hindistonlik Sankalp Gupta ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Vohidov serbiyalik Teodora Inyatsni taslim etdi.
Shu bilan birga, Muhiddin Madaminov gretsiyalik shaxmatchi Nikolas Theodorouga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting