locale OZ

Sharjah Masters 2025 yakunlandi. Abdusattorov shohsupada! Qolgan shaxmatchilarimiz qaysi o‘rinlarni egallashdi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

BAAning Sharja shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli shaxmat turniri — Sharjah Masters 2025 o‘z nihoyasiga yetdi. Jami 73 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan ushbu musobaqaning “Masters” guruhida to‘rt nafar o‘zbekistonlik grossmeyster – Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov sovrinli o‘rinlar uchun jonli kurash olib borishdi.

Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. So‘nggi turda esa, qora donalarda o‘ynagan holda, eronlik Daneshvar Bardiyani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochko bilan 2-o‘rinni egalladi.

9-turda Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi. Muhiddin Madaminov esa qora donalarda turkiyalik Ishik Alparslan bilan durang o‘ynadi. Ortiq Nighmatov oq donalarda yana bir turk shaxmatchisi Sanal Vahab bilan teng natija qayd etdi.

Natijalarga ko‘ra:
Nodirbek Abdusattorov — 6,5 ochko, 3-o‘rin
Ortiq Nighmatov — 4,5 ochko, 34-o‘rin
Muhiddin Madaminov — 4 ochko, 60-o‘rin
Jahongir Vohidov — 3,5 ochko, 66-o‘rin

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting