locale OZ

“Sharjah Masters 2025”: “O'zbek derbisi”da yana Nodirbek Abdusattorov g'alaba qozondi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Sharjah Masters 2025”: “O'zbek derbisi”da yana Nodirbek Abdusattorov g'alaba qozondi
FОТО: FIDE

Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida mukofot jamg'armasi 73,000 dollarni tashkil etuvchi “Sharjah Masters 2025” turniri bo'lib o'tmoqda.

Bugun musobaqaning 4-tur bahslari bo'lib o'tdi. Unda O'zbekistonning 4 nafar shaxmatchisi o'z partiyalarini o'tkazdi.

Jumladan, qora donalarda harakat qilgan Muhiddin Madaminov mezon shaxmatchisi Saleh Salemga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shuningdek, Jahongir Vohidov ham xitoylik Tao Pangga mag'lub bo'ldi.

Ushbu tur doirasida yana bir bor “o'zbek derbisi” bo'lib o'tdi. Unda Nodirbek Abdusattorov va Ortiq Nigmatov o'zaro dona surdi.

Oq donalarda harakat qilgan Abdusattorov Nigmatovning birgina xatosidan unumli foydalanib, g'alaba qozondi va o'z ochkolari hisobini 3 taga yetkazib oldi.

Ma'lumot uchun, mazkur turnir 26-may sanasigacha bo'lib o'tadi va shaxmatchilar 9 ta tur davomida musobaqalashadi. Vaqt nazorati esa 90 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya qo'shib boriladi (90+30).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting