locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Sharjah Masters 2025. Ikkinchi o‘zbek derbisida ham Abdusattorov zafar quchdi

Boshqa sport turlari 21 may 2025 da 04:17
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

BAAning Sharja shahrida o‘tayotgan nufuzli Sharjah Masters 2025 xalqaro shaxmat turniri qizg‘in va murosasiz bellashuvlar bilan davom etmoqda. 73 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan “Masters” toifasidagi bahslarda to‘rt nafar o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boryapti.

Kecha, 20 may kuni 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda yana bir o‘zbek derbisiga guvoh bo‘ldik. 3-turda Jahongir Vohidov ustidan ilk g‘alabasini qayd etgan Nodirbek Abdusattorov bu safar oq donalarda Ortiq Nighmatovga qarshi o‘yin o‘tkazdi va yana zafar quchdi. Nighmatov bu bellashuvgacha ikki g‘alaba va bir durang bilan Abdusattorovdan yuqori o‘rinni egallab turgan edi.

Afsuski, turning qolgan uchrashuvlarida o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun muvaffaqiyat qayd etilmadi. Muhiddin Madaminov qora donalarda BAA vakili Salem Salehga mag‘lub bo‘ldi. Jahongir Vohidov esa xitoylik Pang Taoga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi.

Shu turda birinchi doskada ikki yarim ochkodan jamg‘argan rossiyalik Ivan Zemlyanskiy va niderlandiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu uchrashuvda Nodirbekdan keyingi ikkinchi raqam ostida tasniflangan Giri g‘alaba qozondi.

Sharjah Masters 2025 musobaqasi o‘yindan-o‘yinga qiziqarli tus olib, grossmeysterlar o‘rtasidagi raqobat yanada kuchayib bormoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting