locale OZ

Sharjah Masters 2025. Grossmeysterlarimiz 5-turda qanday natija qayd etishdi? Nodirbek Abdusattorov, Ortiq Nighmatov va boshqalarning o‘yinlari haqida

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

BAAning Sharja shahrida davom etayotgan nufuzli Sharjah Masters 2025 xalqaro turnirida 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. Jami 73 000 AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan ushbu musobaqaning kuchlilar to‘plangan “Masters” guruhida to‘rt nafar yurtdoshimiz — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

5-turda qanday natijalar qayd etildi?

Nodirbek Abdusattorov vengriyalik grossmeyster Adam Kozakka qarshi qora donalarda durang o‘ynadi. Ushbu bellashuvdan so‘ng Nodirbekni Magnus Karlsenga qarshi onlayn match kutgani sababli, u g‘alaba uchun tavakkal qilmadi.

Ortiq Nighmatov oq donalarda hindistonlik Kartik Venkataramanga qarshi turda ham durangga rozi bo‘ldi. Raqib reytingda undan yuqori tursa-da, Ortiq yaxshi o‘yin namoyish etdi.

Afsuski, Muhiddin Madaminov qozog‘istonlik Rinat Jumabayevga, Jahongir Vohidov esa eronlik Movahhed Sinaga qarshi o‘yinlarda mag‘lub bo‘lishdi — har ikkisi ham oq donalarda harakat qilgandi.

Turnir jadvalidagi holat
5-turdan so‘ng Dai Changren (Xitoy), Anish Giri (Niderlandiya) va Aleksandar Injich (Serbiya) 4 ochkodan to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
Nodirbek Abdusattorov 3,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 13-o‘rinda bormoqda.
Ortiq Nighmatov — 3 ochko, 24-o‘rin.
Muhiddin Madaminov — 1,5 ochko, 72-o‘rin.
Jahongir Vohidov — 1 ochko, 79-o‘rin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting