locale OZ

Sharjah Masters 2025: Abdusattorov 6-turda g‘alaba qozonib, kuchli uchlikka chiqdi

BAAning Sharja shahrida o‘tayotgan Sharjah Masters 2025 xalqaro shaxmat turnirida 6-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

73 ming dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega mazkur musobaqaning “Masters” toifasida to‘rt nafar o‘zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nighmatov ishtirok etmoqda.

6-turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Hindiston vakili Iniyan Panini mag‘lub etib, ochkolarini 4,5 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida sof uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. U birinchi raqamli ishtirokchi sifatida chempionlik uchun jiddiy da’vogarlik qilmoqda.

Qolgan grossmeystrlarimiz bu turda muvaffaqiyatsiz o‘yinlar namoyish etishdi: Ortiq Nighmatov rossiyalik David Paravyanga, Muhiddin Madaminov hindistonlik Aronyak Goshga yutqazdi. Jahongir Vohidov esa Abhijit Gupta qarshi durang qayd etdi.

Turnir jadvalida hozircha 5 ochkodan jamg‘argan Anish Giri (Niderlandiya) va Aleksandar Indjich (Serbiya) yetakchilik qilmoqda. Nodirbek esa ulardan ortidagi yagona shaxmatchi sifatida 4,5 ochko bilan uchinchi pog‘onada joy olgan.

Bugungi 7-tur doirasida Abdusattorov qora donalarda aynan yetakchi Anish Giriga qarshi o‘ynaydi. Bu bellashuv chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting