locale OZ

Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tasdiqlagan Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari veterinariya ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tasdiqlagan Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3*
2026-yil 5–8-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tasdiqlagan Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3* xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 5-yanvar kuni mazkur xalqaro turnir doirasida sport otlarining majburiy otlar ko‘rigi (vet-check) bo‘lib o‘tdi. Veterinariya ko‘rigi davomida mutaxassislar tomonidan otlarning sog‘lig‘i, umumiy jismoniy holati, harakat faolligi hamda yuqori darajadagi musobaqalarga tayyorgarligi xalqaro talablar asosida baholandi.

Quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari veterinariya ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Oldinda chavandozlarimiz va sport otlarimizni mas’uliyatli hamda murosasiz bellashuvlar kutmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasiga omad, yorqin chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting