Sharja shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro CSI5* musobaqa — H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 bo'ldi
2026-yil 19–22-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro CSI5* musobaqa — H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, CSI5★ yo’nalishlari murakkabligi va texnik talablari jihatidan olimpiya o‘yinlari yo‘nalishlariga tenglashtiriladi. To‘siqlardan sakrash (konkur) esa olimpiya sport turi hisoblanadi.
Musobaqaning birinchi kuni sport otlarining veterinariya ko‘rigi — vetchek (vivodka) bilan boshlandi.
🇺🇿 Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi munosib ishtirok etdi.
19-fevral — muqaddas Ramazon oyining birinchi kunida O‘zbekiston madhiyasi xalqaro maydonda yangradi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2★ yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, jamoamizning boshqa a’zolari CSI5★ darajasidagi murakkab yo’nalishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli o‘nlikdan joy oldi.
Terma jamoamizni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak marralar tilaymiz.