locale OZ

Sharifa Davronova Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sharifa Davronova Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
FОТО: Olympic.uz

Koreya Respublikasining Gumi shahrida yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medal yozildi.

Ayollar oʻrtasida uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Sharifa Davronova kumush medalga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz musobaqada 13.74 metr natija qayd etishga erishdi.

Uch hatlab sakrash, Osiyo chempionati
Li Yi (Xitoy) – 13.80 metr
Sharifa Davronova (Oʻzbekiston) – 13.74
Mariko Marimoto (Yaponiya) – 13.65

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting