locale OZ

Shara Bulletning navbatdagi janggi tasdiqlandi

Rossiyalik UFC jangchisi 11 mart kuni greppling bo‘yicha Karlos Pratesga qarshi bahs olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shara Bulletning navbatdagi janggi tasdiqlandi
FOTO: Getty Images

O‘rta vazn toifasida UFC’da o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan mashhur rossiyalik jangchi Sharabutdin Magomedov (Shara Bullet) greppling bo‘yicha navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.

11 mart kuni Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Hype FC turnirida unga UFC yarimo‘rta vazn reytingining beshinchi raqamli jangchisi, braziliyalik Karlos Prates raqiblik qiladi. Bu haqda taniqli sport sharhlovchisi Leo Gimaraesh ma’lum qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bellashuvni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. UFC ushbu bahsda ishtirok etish uchun rasmiy ruxsat berganidan so‘ng, jang haqida rasman e’lon qilinadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting