Shara Bullet navbatdagi janggi qachon boʻlishi mumkinligi haqida gapirdi
Rossiyalik jangchi oʻrta vazn toifasida janglarda ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFCning o‘rta vazn toifasida (84 kg) jang qiluvchi rossiyalik sportchi Sharabutdin Magomedov (Shara Bullet) navbatdagi jang qachon bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«May oyi — men uchun eng qulay vaqt», — dedi Magomedov Kamil Gadjiyevning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Shara Bullet hozir 31 yoshda. U UFCdagi debyutini 2023 yilda o‘tkazgan. Hozirgacha u eng nufuzli tashkilotda 5 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
So‘nggi jangida, iyul oyida o‘tkazilgan UFC on ABC 9 turnirida Magomedov kanadalik Mark-Andre Barrioni hakamlarning bir ovozdan qarori bilan mag‘lub etgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist