locale OZ

Shara Bullet: «Mashg‘ulotlarda Bogdan Guskov kabi kuchli sparring-sheriklar yordam beryapti»

Rossiyalik UFC jangchisi qachon oktagonga qaytishi haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shara Bullet: «Mashg‘ulotlarda Bogdan Guskov kabi kuchli sparring-sheriklar yordam beryapti»
FOTO: Getty Images

UFCning o‘rta vazn toifasidagi (84 kg gacha) yulduzi, muxlislarga Shara Bullet nomi bilan tanilgan rossiyalik jangchi Sharabutdin Magomedov oktagonga qaytish muddatlarini ochiqladi.

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalanib, o‘z ustida ishlashda davom etmoqda. Shara Bullet o‘zining bo‘lajak rejalari haqida Match TV nashriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

«Hozir yana biroz vaqtimni oilam davrasida o‘tkazaman, shundan so‘ng o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlayman. Moskvada shug‘ullandim, bu yerda o‘ziga xos tayyorgarlik jarayonini o‘tadim deb ayta olaman. Jangning barcha jihatlarini rivojlantiryapman. Mashg‘ulotlarda menga Bogdan Guskov kabi kuchli sparring-sheriklar yordam beryapti, men ham ularga o‘z yordamimni beryapman. Hali o‘rganishim kerak bo‘lgan narsalar ko‘p, shuning uchun to‘xtab qolmayapman. Yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanyapman.

Hozircha aniq sana yo‘q. Taxminimcha, aprel yoki may oylarida jangga chiqaman», — deydi Shara Bullet.

Eslatib o‘tamiz, o‘zining yorqin zarbalari va o‘ziga xos imiji bilan qisqa vaqt ichida UFC muxlislari yoqimtoyiga aylangan Sharabutdin hali ham mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Uning aprel-may oylarida o‘tkaziladigan jangi turnirning markaziy voqealaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting