locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Shamsiddin Vohidov va Afruza Hamdamova — Osiyo chempionatida peshqadamlar qatorida

Boshqa sport turlari 10 may 2025 da 05:23
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi. 80 ming AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham keng tarkibda ishtirok etmoqda. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda 33 mamlakatdan 156 nafar, ayollar bahsida esa 23 davlatdan 101 nafar shaxmatchi donalarni suruvga qo‘shgan.

Musobaqada Rossiya terma jamoasi shaxmatchilari ham ishtirok etmoqda. Ular avval Yevropa musobaqalarida qatnashgan va bir muddat turnirlardan chetlatilgan edi.

3-tur natijalariga ko‘ra, grossmeysterimiz Shamsiddin Vohidov (2641) rossiyalik Aleksey Grebnev (2556) bilan durang o‘ynadi. Har ikki shaxmatchi 2,5 ochkodan jamg‘ardi va peshqadamlar safida qolishdi. Vohidov avvalgi ikki turda g‘alaba qozongan edi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Yakubboev (2665) ham bu turda qozoqistonlik Aristanbek Urazaevga qarshi qora donalarda durang qayd etdi. Uning hisobida 2 ochko bor. Muhiddin Madaminov (2520) esa ilk ikki turda g‘alaba qozonganiga qaramay, 3-turda eronlik Bardiya Daneshvarga (2621) mag‘lub bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida, yoshlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova uch turni ham g‘alaba bilan yakunlab, peshqadamlikni saqlab turibdi. 3-turda u eronlik Melika Mohammadini mag‘lub etdi. Umida Omonova esa rossiyalik Olimpiada chempioni Olga Girya bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting