Shahrisabr shahar hokimi Jahon kubogi g’olibini taqdirladi
Unga televizor, pul mukofoti hamda tashakkurnoma topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Самбо ассоциацияси
Shahrisabz shahar hokimi sambo bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi, hamshahrimiz Bahodir Bakiyevni shahar hokimligida qabul qildi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi sportchini xalqaro musobaqada erishgan yuksak natijasi bilan tabriklab, uning g‘alabasi Shahrisabz shahri va mamlakatimiz sporti uchun muhim yutuq ekanini ta’kidladi.
Bahodir Bakiyevning sport sohasidagi muvaffaqiyatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida unga televizor, pul mukofoti hamda tashakkurnoma topshirildi.
Samimiy muloqot davomida shahar hokimi sportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirib, Bahodir Bakiyevga o‘z tajribasini yoshlarga o‘rgatish, ko‘proq shogirdlar tayyorlash va kelajakda yangi chempionlarni yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.