Shahram G‘iyosov: Ennis bilan jang hamma uchun foydalidir — kamar Matchroom’da qoladi
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBA versiyasi bo‘yicha jahon chempionligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov amaldagi chempion Jaron Ennisga qarshi jang ehtimoli haqida fikr bildirdi.
«— Bir necha kun oldin WBA Jaron Ennisni superchempion deb e’lon qildi va siz bilan majburiy jang o‘tkazish qarorini qabul qildi. Sizlar ikkala ham bir promouter ostida jang qilasiz. Jang ikki tomondan qaytarilishi ehtimoli bormi?
— Ha, to‘g‘ri aytdingiz, bizda rostdan ham bir promouter. Bu jang hamma uchun foydali. Bunday vaziyatda promouter hech narsadan mahrum bo‘lmaydi: men ham, Ennis ham uning bokschilari. Shu bois, kamar baribir Matchroom’da qoladi. Shunday ekan, jangni bekor qilish ehtimoli juda kam. Aksincha, Hearn uchun biz jang qilganimiz maqul», — dedi G‘iyosov intervyusida.
Avvalroq WBA rasmiy ravishda Ennis va G‘iyosov o‘rtasidagi jangni o‘tkazishni ma’qullagan edi.