locale OZ

Shahram Ahadov Osiyo chempioni, yana ikki dzyudochimizda bronza

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahram Ahadov Osiyo chempioni, yana ikki dzyudochimizda bronza
FОТО: Olympic.uz

Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi.

Sportchilarimiz ushbu kun dasturida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, sovrinlari qatoriga qitʼa chempionligini ham qoʻshib qoʻydi.

Shuningdek, Shukurjon Aminova hamda Arslon Tojiyev ham oʻz vazn toifalarida shohsupaga koʻtarilishdi.

Oltin medal:
-73 kg: Shahram Ahadov

Bronza medal:
-57 kg: Shukurjon Aminova
-81 kg: Arslon Tojiyev

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting