locale OZ

Shahnoza Mirziyoyeva World Aquatics rahbariyatiga saylandi

Suv sportining jahon miqyosida rivojiga O‘zbekiston vakili hissa qo‘shadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Singapurda suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati doirasida Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics)ning navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot faoliyatini yanada samarali tashkil etish, boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda suv sportining global taraqqiyotiga doir masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi muhim qarorlardan biri — World Aquatics Ijroiya qo‘mitasi byurosining yangilangan tarkibini shakllantirish bo‘ldi. Mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi raisi birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva mazkur nufuzli tuzilmaning a’zosi etib saylandi.

Bu qaror nafaqat yurtimiz mutaxassislari xalqaro sport tashkilotlaridagi o‘rnini mustahkamlaydi, balki mamlakatimizda suv sporti infratuzilmasini rivojlantirish va yosh avlod o‘rtasida uni keng targ‘ib etishda muhim omilga aylanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting