locale OZ

Shadow Racing — F1’dagi eng qo’rqinchli jamoa

Shadow Racing Cars 1970-yillarda Formula 1’da tez va agressiv bolidlari bilan ajralib turgan. Lekin tezlik bilan birga bu jamoa atrofida fojealar ham ko‘p bo‘lgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shadow Racing — F1’dagi eng qo’rqinchli jamoa
photo: F1

Shadow Racing Cars 1970-yillarda Formula 1’da tez va agressiv bolidlari bilan ajralib turgan. Lekin tezlik bilan birga bu jamoa atrofida fojealar ham ko‘p bo‘lgan.

1974-yilda Peter Revson aynan Shadow test paytida halok bo‘ladi. Oradan 3 yil o‘tib, 1977-yilda Tom Pryce South African Grand Prix 1977 davomida dahshatli halokatda vafot etadi.

Bu voqea F1 tarixidagi eng og‘ir lahzalardan biri bo‘lib qolgan.
Shu ikki fojeadan keyin jamoa haqida turli gaplar tarqaladi. Hatto “5 yil ichida bir nechta haydovchi o‘lgan” degan mish-mishlar chiqib, Shadow “omadsiz” va “xavfli” jamoa sifatida ko‘riladi.

Poygachilar esa bu jamoa bilan shartnoma tuzishni rad etishgan sababi esa bu jamoa “lan’atlangan deb o’ylashgan”.

Aslida esa o‘sha davrning o‘zi juda xavfli bo‘lgan. Lekin Shadow’da bu voqealar ketma-ket bo‘lgani uchun ularning nomi boshqalardan ko‘ra ko‘proq yomon holda esda qolgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting