locale OZ

Seulda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasi va Konferensiyasi o'z ishini boshlash arafasida

27-sentyabr kuni IPC Prezidenti va Boshqaruv Kengashi saylovlari bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Seulda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi Bosh Assambleyasi va Konferensiyasi o'z ishini boshlash arafasida
photo: Para olimpiya

Joriy haftada Koreya Respublikasining Seul shahrida Xalqaro Paralimpiya qo'mitasining XXII Bosh Assambleyasi va Konferensiyasi o'tkaziladi. Unda 190 ga yaqin IPC aʼzo tashkilotlari qatnashadi.

Tadbirlarda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Farruh Ahmedov ham ishtirok etadi.

Konferensiya va Assambleya doirasida 2023-yilgi Bosh Assambleyadan keyin erishilgan yutuqlar to'g'risida xisobot berilishi, shuningdek, IPC Boshqaruv Kengashi saylovida ishtirok etayotgan nomzodlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etilishi, ba'zi xalqaro federatsiyalarning tashkilotga a'zoligi qayta ko'rib chiqilishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, 27-sentyabr kuni IPC Prezidenti va Boshqaruv Kengashi saylovlari bo'lib o'tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting