locale OZ

Sergeli tumanida zamonaviy sogʻlomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi

Bu yerda 50 nafardan ortiq malakali murabbiylar faoliyat yuritib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sergeli tumanida zamonaviy sogʻlomlashtirish majmuasi foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent shahrining Sergeli tumanida zamon talablarga javob beradigan “Legenda” fitnes klubi foydalanishga topshirildi.

Mazkur sport maskani aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fitnes klub zamonaviy trenajyorlar, guruh mashg‘ulotlari uchun zallar va barcha qulay sharoitlar bilan jihozlangan.

Ayni paytda bu yerda 50 nafardan ortiq malakali murabbiylar faoliyat yuritib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, ayollar va bolalar uchun alohida mashg‘ulot zallari tashkil etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting