Serbiyada ilk bor UFC turniri oʻtkaziladi
Ushbu shou 1 avgust kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
Aralash yakkakurashlar bo‘yicha janglar o‘tkazuvchi Ultimate Fighting Championship (UFC) xalqaro sport tashkiloti Serbiya tarixidagi ilk turnirini rasman e’lon qildi. Mazkur shou 1 avgust kuni Belgrad shahrida bo‘lib o‘tadi.
«Serbiya, biz yo‘ldamiz! Oktagon ilk bor Belgradga qo‘nmoqda!» — deyiladi UFC matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy xabarida.
Tashkilotning rasmiy saytida chiptalarni muddatidan oldin xarid qilish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlangan. Turnir kardi va unda ishtirok etuvchi sportchilar nomi keyinroq e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, UFC 1993 yildan buyon musobaqalar o‘tkazib keladi va shu vaqt ichida o‘z shoulari geografiyasini o‘nlab mamlakatlarga kengaytirishga ulgurdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist