locale OZ

Serbiya Tashqi ishlar vaziri Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Sportchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Serbiya Tashqi ishlar vaziri Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi
Фото: Спорт вазирлиги

Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Marko Djurich Sport vaziri Adkham Ikramov hamrohligida Olimpiya shaharchasi zamonaviy sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, Olimpiya shaharchasida o‘tkazilayotgan musobaqalar, mashg‘ulot va tiklanish jarayonlarini kuzatdi. Shuningdek, mehmonlarga shaharchada xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, sport sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sportchilar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Martabali mehmon O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida bunyod etilgan ushbu noyob Olimpiya shaharchasi kelgusida mamlakat sportchilarining yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting