locale OZ

Sayxunobodda zamonaviy sport inshooti foydalanishga topshirildi

Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sayxunobodda zamonaviy sport inshooti foydalanishga topshirildi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 7-aprel kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani Do‘stlik mahallasida sport inshooti foydalanishga topshirildi. Ushbu sport inshootining ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda viloyat prokurori Savid Imatov ishtirok etib, yangi maskan bilan yaqindan tanishdilar. Marosim davomida nuroniylar tomonidan duoga qo‘l ochilib, ezgu tilaklar bildirildi va ramziy lenta kesilib, sport zalidan foydalanishga rasman start berildi.

Viloyat hokimi ushbu sport inshootidagi kurash va boks zallarini ko‘zdan kechirar ekan, bu yerda shug‘ullanayotgan yosh sportchilar bilan samimiy suhbat qurdi hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yuqori baholadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting