Sarukyan bo'lajak Mahachev va Garri jangining g'olibini aytdi
Musobaqa 16 avgust kuni bo'lib o'tadi, ularning jangi esa oqshomning asosiy voqeasi bo'ladi.
Boshqa sport turlari
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
ФОТО: Getty images
Armanistonlik sportchi Arman Sarukyan yarim o'rta vazndagi amaldagi UFC chempioni Islam Mahachev va 77 kg gacha vazn toifasida UFC reytingida birinchi o'rinda borayotgan irlandiyalik Ian Garri o'rtasida bo'lib o'tadigan jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Musobaqa 16 avgust kuni bo'lib o'tadi, ularning jangi esa oqshomning asosiy voqeasi bo'ladi.
«Garrining Islomga kuchi yetmaydi. Ianning zarba berish texnikasi yaxshi. Menimcha, Garri uzoq masofada ajoyib ishlaydi. U Islom uchun [stoykada] muammolar yaratishi mumkin. Ammo Mahachevning raqiblarni parterga o'tkazishda taymingi yaxshi. Katta ehtimol bilan Islom Garrini uchinchi yoki to'rtinchi raundda muddatidan oldin mag'lub etadi», — dedi Sarukyan strim vaqtida.