Sardoba tumanida fudbol bo'yicha DXX kubogi musobaqasiga start berildi
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida yurtimizda har yili Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Sardoba tumanida mazkur musobaqaning bu yilgi tuman bosqichi tantanali ravishda ochib berildi. Ochilish marosimida tuman hokimi, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, tuman prokurori, Ichki ishlar bo'limi boshlig‘i va Davlat soliq inspeksiyasi bo'limi rahbari Yoshlar ishlari agentligi hamda sport sohasi vakillari, sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda mutasaddilar so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.