Samira Ismoilova oltin medalni qoʻlga kiritdi
Ismoilova 109,2 km masofada kechgan guruh poygasida musobaqa g'olibiga aylandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Saudiya Arabistoni mezbonligida o’tayotgan Osiyo chempionatida shosse bo’yicha O’zbekiston U23 ayollar terma jamoasi a'zosi Samira Ismoilova 109,2 km masofada kechgan guruh poygasida musobaqa g'olibiga aylandi.
Hamyurtimiz 03:17:16 natija bilan barcha raqiblarini deyarli 1 daqiqaga ortda qoldirib, yaqqol ustunlik bilan finishga yetib keldi.
Bu albatta jamoaviy yutuq. Oltin medalni qo'lga kiritishda Samiraga uning jamoadoshlari Asal Rizayeva, Anna Kuskova hamda Kseniya Li yaqindan yordam berdi va so'nggi soniyalargacha kurash olib bordi.
Bunday yuqori natija orqali Samira Ismoilova o'zi uchun ham muhim bo'lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist