Sambochilarimiz Tatariston Respublikasi raisi sovrini uchun kurashyapti
Ushbu musobaqada ikki nafar sambochimiz sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: SAMBO ASSOCIATION OF UZBEKISTAN
Rossiya Federatsiyasi, Tatariston Respublikasi, Qozon shahrida sambo bo‘yicha Tatariston Respublikasi raisi kubogi o‘tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada ikki nafar sambochimiz sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqda.
Musobaqa doirasida -64 kg vazn toifasida Sardor Olimjonov hamda -79 kg vazn toifasida Shahriyor Karimov murabbiy Abdushukur To‘xtapo‘latov boshchiligida ishtirok etmoqda.
Hamyurtimiz Islom Adilov bellashuvlarda bosh hakam o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist