Sambochilarimiz Fransiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishdi
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Xabibulloh Alimov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Самбо ассоциацияси
6-7 iyun kunlari Parij shahrida sambo bo‘yicha sportchi David Heran xotirasiga bag‘ishlangan "Gran-pri de Parij-2026" turniri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada dunyoning 16 davlatidan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston sambo terma jamoasi a’zolari ham qatnashdi:
1. Delegatsiya rahbari – Alisher Alimov
2. Murabbiy – Xalqaro toifadagi hakam Ulug‘bek Rahmonov
Nodir To‘xtayev va Bahodir Istamov kattalar o‘rtasida, Xabibulloh Alimov esa kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, Xabibulloh Alimov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist