locale OZ

Sambo. O'zbek sportchilari Fransiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishdi

6-7 iyun kunlari Parij shahrida sambo bo‘yicha sportchi David Xeran xotirasiga bag‘ishlangan "Gran-pri de Parij-2026" turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sambochilarimiz Fransiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishdi
photo: sambo Uzbekistan

Sambochilarimiz Fransiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishdi.

6-7 iyun kunlari Parij shahrida sambo bo‘yicha sportchi David Xeran xotirasiga bag‘ishlangan "Gran-pri de Parij-2026" turniri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada dunyoning 16 mamlakatidan 150 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Musobaqada O‘zbekiston sambo terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishdi:

1. Delegatsiya rahbari - Alisher Alimov
2. Murabbiy - Xalqaro toifadagi hakam Ulug‘bek Rahmonov

Nodir To‘xtayev va Bahodir Istamov kattalar o‘rtasida, Xabibulloh Alimov esa kichik o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Xabibulloh Alimov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Turnirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi va Fransiya sambo federatsiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, assotsiatsiyamiz nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting