locale OZ

Sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatini medallar shodasi bilan yakunladik

25-28 iyun kunlari Filippin poytaxti Manila shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sambo bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionatini medallar shodasi bilan yakunladik
photo: sambo Uzbekistan

Osiyo-Okeaniya chempionatini medallar shodasi bilan yakunladik

25-28 iyun kunlari Filippin poytaxti Manila shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo-Okeaniya chempionati o‘tkazildi.

Musobaqada mintaqaning eng sara sambochilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.

Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi sambochilari ham ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi natijalari quyidagicha bo‘ldi:

Kattalar: 6 ta oltin, 1 ta kumush
Yoshlar: 1 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza
O‘smirlar: 4 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza.

Sovrindor sportchilarimiz ro‘yxati avvalroq O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qilingandi.

O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok bilan sportchi va murabbiylarimizni muborakbod etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting